Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe Messining rekordini tortib oldi

Mbappe Messining rekordini tortib oldi

Foto: «Yandeks»

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turida uchrashuvning 52-daqiqasida maydonga tushib, «Bryugge» darvozasiga musobaqadagi o‘zining 15-, 16- va 17-gollarini urib xet-trikni amalga oshirdi. Bu haqda «Footbnews.ru» xabar bergan.

Fransuz Chempionlar ligasi bahslarida 15 ta goldan iborat marrani zabt etgan eng yosh (20 yosh va 306 kun) bombardirga aylandi va yangi rekord o‘rnatdi.

Avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli edi (21 yil va 288 kun). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinda Krishtianu Ronaldu bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring