MDH davlatlari orasida eng ko‘p tug‘ilish O‘zbekistonda qayd etildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 905,2 ming tug‘ilish qayd etilgan. Qayd etilishicha, mamlakatda so‘nggi 30 yilda tug‘ilishlar soni 16,4 foizga oshgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2021-yilda MDH davlatlarida har 1000 doimiy aholiga tug‘ilish koeffitsiyenti:
- O‘zbekiston – 25,9 ta
- Qozog‘iston – 23,5 ta
- Qirg‘iz R. – 22,4 ta
- Armaniston – 12,4 ta
- Ozarbayjon – 11,2 ta
- Moldova – 11,2 ta
- Rossiya – 9,6 ta
- Ukraina – 7,3 ta
Davstatqo‘m mazkur statistikani shakllantirishda MDHga a’zo boshqa davlatlarning ma’lumoti topilmaganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada o‘limlar soni – 174,5 ming kishini tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter