Mehmonxona egalariga soliqdan berilgan imtiyoz muddati qisqartirilyapti
Prezidentning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4861-son Farmoniga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilyapti.
E’lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, yuridik shaxslar belgilangan tartibda sertifikatlangan kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirilgan sanasidan boshlab ular yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek yuridik shaxslarning yagona soliq to‘lovidan 5 yil muddatga ozod qilinadi.
Bundan tashqari, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga asosan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mebel va inventarlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar esa bojxona bojlari to‘lanishidan 2026-yil 1-martga qadar ozod etilishi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan mehmonxonaga oid turli qurilish va jihozlash materiallarini mamlakatga bojxona to‘lovlarisiz (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) olib kirish imtiyozi, amaldagi tartibga ko‘ra, 5 yil muddatga beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter