Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikadagi avtobus halokatida 16 kishi qurbonga aylandi

Meksikadagi avtobus halokatida 16 kishi qurbonga aylandi

Meksikaning Sonora shtatida avtobus halokatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Penmont konchilik kompaniyasiga soslanib RIA Novosti xabar qilmoqda.

«Tepsa avtomashinasi bilan sodir bo‘lgan YTH natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Kompaniyaning 13 xodimi tan jarohati oldi, ularning ahvoli barqaror, avtobus haydovchisi og‘ir ahvolda», deya yozadi Penmont kompaniyasi bayonotida. 

Nashrga ko‘ra, konchilarni olib ketayotgan avtobus va mikroavtobus bilan to‘qnashuvi  sodir bo‘lgan. Politsiya ommaviy axborot vositalariga to‘qnashuv sodir bo‘lgan joyda tekshiruv ishlari davom etayotganini haqida aytib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring