Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikaliklar g‘alati mavjudotdan dahshatga tushishdi (foto)

Meksikaliklar g‘alati mavjudotdan dahshatga tushishdi (foto)

Foto: «tribunadelabahia.com.mx»

Burni delfinga o‘xshash, tanasi uzunchoq, o‘tkir tishli noma’lum dengiz jonivorini meksikalik baliqchilar Nayarit shtati Punta Mita yarimorolida topib olishdi, deb yozadi mahalliy «Tribuna de la Bahía» portali.

Dengiz jonivoriga o‘tgan hafta sohil bo‘yida sayr qilib yurgan mahalliy aholi duch kelgan. Guvohlar avval uni delfinning o‘ligi deb o‘ylashgan.

Biroq suvosti mavjudotini yaqindan ko‘zdan kechirishganda uning ko‘zlari yo‘qligini payqab qolishdi. Shu bois okean tubidan sohilga chiqarib tashlangan degan taxminga kelishgan.

Mahalliy baliqchilar ham bu taxminni qo‘llab-quvvatlashgan. Chunki Meksikaning Puerto-Valyarta shahri atrofidagi suvlarda haqiqatan ham bir necha kilometrlik chuqurliklar bor. Ularning taxminicha, sirli mavjudotlar ana shunday joylarda yashashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring