Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Meni ko‘zimda yosh, ular esa kulayotgan edi» yoxud eng yomon va xavfli maktab qanday qilib qora ro‘yxatdan chiqdi? (video)

Amerikalik maktab direktori Linda Klyatt-Ueyman Shimoliy Filadelfiyadagi eng yomon maktablardan biriga direktor etib tayinlandi. Bu yerda to‘rt yil ichida  to‘rtinchi direktorning almashishi edi. Linda dastlab bu yerga kelganida ishlash o‘zi o‘ylaganidan ham og‘irroq ekanligini anglab yetdi.

Barcha sinflarda partalar singan, 68 foiz o‘quvchi maktabga keladi. O‘quvchilarning davomati past, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘z hayotlaridan tahlikada yashaydilar. Chunki bu yer kambag‘allar hududi bo‘lib talonchlik, zo‘ravonlik, urish, janjal, bosqinchilik avj olgan edi.

Linda ishga kelgan kunining birinchi kuniyoq  qizlarning ommaviy mushtlashuvining ustidan chiqdi. U yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda u  o‘zining tajribalari bilan o‘rtoqlashish jarayonida har doim eslaydi:

—Men maktabda nima uchun o‘qish kerakligini aytayotganimda eng orqa partada o‘tirgan Eshli ismi qiz shunday dedi: «Miss, miss, siz nega bu yerni maktab deyapsiz. Bu maktab emas!»

Rostdan ham bu maktab emas edi. Maktabda politsiyalar yurardi, hammayoq ag‘dar-to‘ntar, xaroba, lampalar xira yorug‘lik sochib turar, eshikka qulf osilgan edi.

Maktabda yana bir kuni «Kolumbayn» haqidagi filmni ko‘rsatishdi —  o‘qituvchi va o‘quvchilarni otib tashlagan o‘quvchi haqidagi bu ko‘rsatuvni bolalar bemalol tomosha qilar va kular edilar.

—Men so‘radim: — buning nimasi kulguli?

O‘quvchi qizlardan biri aytdi: —Buning nimasi ajablanarli, axir biz hayotimizda, biz yashayotgan hududda bunday holatga  har doim duch kelamiz.

Men shunda anglab yetdimki, bu bolalarni yashayotgan muhiti shunday toshbag‘ir qilib qo‘ygan. Bularning ko‘pining ota yoki onasi qamoqda, kambag‘al, yoki ajrashgan edi. Bularni yashash sharoiti ana shunday toshbag‘ir va boshqarib bo‘lmaydigan odamga aylantirgan edi.

Ular maktabni yoqish fikrini bemalol ayta olishardi. Hatto bir kuni bittasi menga «Sizning ismingiz yozilgan o‘q bor menda, bir kuni sizni otaman».

Men shunda qo‘rqib ketdim, farzandimni onasiz qoldirishimdan qo‘rqib ketdim. Ammo  men ham shunaqa kambag‘allar o‘qiydigan maktabdan chiqqanman, men ham yomon maktabda o‘qiganman —qo‘rqishga haqqim yo‘q edi.

Birinchi qiladigan ishim maktabga yorqin va pozitiv suratli kartinkalar, plakatlar osdim, singan mebellarni yo‘qotdim, lampalarni almashtirdim. Bolalarning har biri uchun shaxsiy buyumlarini qo‘yadigan joy hozirladim. Metodikani boshqatdan ishlab chiqdik. O‘qituvchilar dars berishni biladi, lekin bu bolalarga qanday dars berishni bilmaydi. Bolalar yuz foiz kambag‘al oilaning bollari, faqatgina bir foizining ota-onasi nazorat qiladi, olti foiz bola algebrani, o‘n foiz o‘quvchi adabiyot fanini o‘zlashtirgan». 

Lindaning uchta shiori bor: «Lider bo‘lmoqchimisan — lider bo‘l! Chunki lider odamgina boshqalar qilolmagan ishni qila oladi». «Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz o‘zingizga o‘zingiz savol bering: Endi nima bo‘pti, keyinchi keyin nima qilamiz?», uchinchi shiori: «Sizga hech kim bugun seni yaxshi ko‘raman deb aytmagan bo‘lsa unutmang, men sizlarni yaxshi ko‘raman, har doim».

Bu sehrli so‘zni direktor har bir bolaga alohida mehr bilan aytishni to‘xtatmaydi: «Siz bugun juda boshqachasiz, menga sizlarning kulgularingiz yoqadi, men sizlarni har doim, har kuni baxtli bo‘lishlaringizni istayman».

—Bundan oldingi ishlagan  «Strouberri Menshn»  maktabida, deb eslaydi o‘z ma’ruzalarining birida, —  eng urishqoq, eng to‘polonchi, bir necha bor o‘smirlar koloniyasiga tushgan, boshqarib bo‘lmaydigan boladan so‘radim:

—Kim bo‘lmoqchisan?

—Pittsburg universitetida o‘qishni istayman.

—U yerda bo‘lganmisan?

—Yo‘q, televizorda ko‘rganman.

 Men maktabning mas’ul xodimiga aytdim:

—Mana shu universitet uchun  ekskursiya tashkil qiling

—Nechta o‘quvchi uchun.

—Bir nafar...

Avvalo men uni sport programmasiga yozdim, u hujumchi bo‘lib o‘ynadi. Ishoning har bir bolada liderlik qobiliyati bor, faqat biz uni o‘sha qobiliyatiga qarab bura olishimiz kerak. Bu bola o‘ynagan komanda ketma-ket yuta boshladi. Ya’ni men uning energiyasini, hujumkorligini sportga yo‘naltirdim».

Lindani o‘sha sport musobaqalarida ham uchratishingiz mumkin. Bolalar g‘alaba qozonganida u bor ehtiros bilan «Biz yengilmaymiz! Biz yengilmaymiz!», degan gaplar bilan o‘quvchilariga dalda berayotgan bo‘ladi.

«Men ular bilan birga bo‘lish uchun oshxonada har kuni navbatchilik qilaman. Tug‘ilgan kunlarida bilmasam ham tug‘ilgan kuning bilan degan qo‘shiqni kuylayman. Ulardan so‘rayman, nega mening bilmasam ham qo‘shiq aytishimni istaysizlar, ular aytadi, biz siz bilan qo‘shiq aytayotganimizda hech kimga o‘xshamasligimizni his qilishni istaymiz. Yana bir qiz bor. Ismi kristin Xolland. U aytdiki agar mening 550 dollar pulim bo‘lganida Pensilvaniya universitetida o‘qirdim... Men o‘quvchilarimni Garvard universitetida o‘qitolmasligim mumkin. Ammo men ularga umid va ishonch bera olaman. To‘rt yildan keyin Kristin o‘zi orzu qilgan universitetiga o‘qishga kirdi. Men unga shivirlab aytdim: «Senga bugun hech kim yaxshi ko‘rishini aytmagan bo‘lsa, unutma men seni har doim yaxshi ko‘raman.

Kristin jilmayib: Men ham sizni yaxshi ko‘raman, dedi».

 Linda shundan buyon juda ko‘p auditoriyalarda eng yomon maktabni qanday qilib qora ro‘yxatdan chiqargani haqida hayajonga to‘la ma’ruzalar o‘qiydi, tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, kitoblar yozdi. Besh yildan beri Filadelfiyadagi eng yomon maktab ro‘yxatidan tushmayotgan bu maktab bir yilda ro‘yxatdan chiqarildi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishi algebra fanidan 171 foizga, adabiyotdan 107 foizga ko‘tarildi. Odamlar maktabni qora ro‘yxatdan chiqarishining sababini so‘raganida u shunday deydi: «Bolalarni borligicha qabul qildim, borligicha yaxshi ko‘rdim, ularni qanday bo‘lsa shundayligicha hurmat qiling, ular o‘zgaradi, ishoning». Doimo sahnada u ma’ruzasini shunday tugatadi:  «Eshlining bu maktab emas, degan gapi mening xotiramda bir umr qolgan. Men bilaman kambag‘al odamning qanchalik o‘ziga ishonchi bo‘lmasligini, yo‘qchilik odamni sindirishini bilaman va bilamanki faqat bilim olish insonni kambag‘allikdan qutqaradi. Maktabda bir oyda bir marta yig‘ilamiz. Bolalar o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida o‘rtoqlashadi. Shunda ular savol berishadi: «Biz nima uchun tartib-qoidalarga bo‘ysunishimiz kerak, nimaga xohlagan ishimizni qilishimiz mumkin emas, nima uchun qilgan jinoyat uchun javob berish kerak». Men ularning har bir faqat to‘g‘ri javob beraman va biz ular bilan yaqinlasha boshlaymiz.

Bolalarni seving, ularni boricha seving, ulardan ko‘p narsani talab qilmang,  ayting: «senga bugun seni sevaman demagan bo‘lsa, unutmang, men sizlarni har doim yaxshi ko‘raman. Unutmang, agar sizga odamlar sen hech kimmassan, sen odam bo‘lmaysan desa, siz unga javoban: yo‘q men uddalayman, deng. Agar sizdan umidini uzishsa, men sizda hammasi yaxshi bo‘lishni kutaman. Orzularingiz sari qadamba qadam intiling, vaqt ketayapti — tik, tik, tik.... » 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring