Messi bir o‘yinda ikki rekordni yangiladi

«Barselona»ning yangi triosi.
La Liganing navbatdagi uchrashuvida «Barselona» o‘z maydonida «Jirona»ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda (6-1) ikki gol va bir golli pasga mualliflik qilgan Lionel Messi birdaniga ikki rekord o‘rnatdi.
Uning birinchi bo‘limda Luis Suaresning goliga bergan pasi 148-golli uzatma sifatida qayd etildi.
Argentinalik hujumchi bu borada «Real Madrid»ning sobiq yarim himoyachisi Michel Gonsales (1982-1996 yillar) o‘rnatgan natijani yangiladi. Gonsales faoliyatida 147ta golga hammuallif bo‘lgan.
Shu tarzda Messi La Ligada golli uzatmalar bo‘yicha so‘nggi 40 yillik natijani yangiladi.
Qolaversa, «Jirona» Lionel Messi gol kiritgan La Liga doirasidagi 36-jamoaga aylandi. Bu chempionatning mutloq rekordi. Avvalgi rekord «Real» hujumchisi Raul va «Atletik» to‘purari Arits Adurisga tegishli edi. Ular La Liga doirasida 35tadan jamoaga gol urishni uddalashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter