Messi «Inter Mayami»ni Ligalar kubogi finaliga olib chiqdi

Ligalar kubogi doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Orlando Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Messining dubli va Segoviyaning goli mayamiliklarni so‘nggi 3 yilda ikkinchi marta finalga olib chiqdi.
Lionel Messi va jamoadoshlari 2023-yil ushbu turnir g‘olibi bo‘lishgan.
Ikkinchi yarimfinalda «Sietl» safarda «Los-Anjeles Gelaksi»dan ustun keldi.
«Inter Mayami» va «Sietl» 31-avgust kuni finalda to‘qnashadi.
Ligalar kubogi. Yarimfinal. 28-avgust
Inter Mayami — Orlando Siti 3:1
Gollar: Messi (77 penalti, 88), Segoviya (90+1) — Pashalich (45+1).
Inter Mayami: Ustari, Frey, Falkon, Luyan (Segoviya, 73), Alba, De Paul, Brayt (Aviles, 90+5), Buskets, Rodriges (Allende, 65), Messi, Suares.
Chetlatish: Brekalo (75, Orlando).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter