Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Peledan ko‘proq gol urdi

Messi Peledan ko‘proq gol urdi

Foto: «Sportbox»

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Lionel Messi «Bryugge»ga qarshi YChL guruh bosqichi so‘nggi o‘yinida dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa argentinalik futbolchi faoliyati davomidagi gollari sonini 758 taga yetkazib oldi.

O‘n bir metrlik jarimadan kiritgan goli evaziga Messi Peledan o‘zib ketdi: RSSSF ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik afsona faoliyati mobaynida jami 757 ta gol urgan.

Messi uchun oldinda Ronaldu atalmish so‘nggi dovon qolyapti, Krishtianuning gollari — 801 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring