Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi qanday shart bilan «Al-Hilol»ga o‘tishi mumkinligi aytildi

Messi qanday shart bilan «Al-Hilol»ga o‘tishi mumkinligi aytildi

Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning El Chiringuito dasturi efirida jurnalist Xayme Astrayn ma’lum qildi.

Messining asosiy sharti - «Al-Nasr»da o‘ynayotgan va yiliga 200 million yevro maosh oladigan Krishtianu Ronaldudan yuqori maosh olish.

Xabar qilinishicha, Messining otasi «Al-Hilol» bilan muzokaralar olib bormoqda va o‘g‘liga yiliga 300 million yevro maosh (jami 600 million yevro maoshga ikki yillik shartnoma) talab qilmoqda.

Xorxe Messining fikricha, uning o‘g‘li Ronaldudan yiliga 100 million ko‘proq olishi kerak, chunki u portugaliyalikdan yosh.

Messining PSJ bilan shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda u Fransiya chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring