Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi yangi rekordlar o‘rnatdi

Messi yangi rekordlar o‘rnatdi

Foto: Reuters

Lionel Messi faoliyatidagi 47-sovrinni qo‘lga kiritib, tarixdagi eng sovrindor futbolchiga aylandi.

MLS Sharqiy konferensiyasi pley-off finalida «Inter Mayami» va «Nyu-York Siti» to‘qnashuvi 5:1 hisobida yakunlandi, Messi jamoasi g‘alabasiga golli uzatmasi bilan hissa qo‘shdi.

Ma’lumot uchun: Lionel Messi «Barselona» safida 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, Argentina terma jamoasi bilan 6 ta, «PSJ» va «Inter Mayami»da uchtadan sovrin egasi bo‘ldi.

Shuningdek, 38 yoshli Messi futbol tarixidagi eng yaxshi assistentga ham aylandi — Ferens Pushkash (404 ta assist)ning 60 yillik rekordini yangilab, 405 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ma’lumot uchun: doim Messi bilan solishtiriladigan Krishtianu Ronalduning jami sovrinlari soni — 33 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring