Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi yo Ronaldu: Ibragimovich qaysi birini tanlaydi?

Messi yo Ronaldu: Ibragimovich qaysi birini tanlaydi?

«Milan» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich dunyoning eng yaxshi hujumchisini aniqlashda Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan birini tanlashiga to‘g‘ri keldi.

«Qiyin qaror, ikkalasi ham kuchli. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, men Messini afzal ko‘rardim. U bilan o‘ynaganman. Uning o‘yini mashg‘ulot natijasi emas, tug‘ma iste’dod», degan Zlatan Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Yaqinda Zlatan Ibragimovich bir paytlar «Manchester Yunayted»da o‘ynab yurganda o‘zi duch kelgan voqeani aytib berib, klub rahbariyatini maydakashlikda ayblagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring