Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meta va Apple kabi kompaniyalar 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Meta va Apple kabi kompaniyalar 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 78 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilni I-yarim yilligida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 42 foizga o‘sishdir. 

To‘langan soliqlarning 94% elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi: 

Meta- 22,6 mlrd so‘m; 

Apple - 22,1 mlrd so‘m; 

Google - 19,4 mlrd so‘m; 

OpenAI - 2,9 mlrd so‘m; 

Booking.com - 1,9 mlrd so‘m; 

 Tik-tok - 1,8 mlrd so‘m; 

Neftlix - 896,2 mln so‘m; 

Assa - 797,1 mln so‘m; 

Zoom - 786,7 mln so‘m; 

Adobe - 530,8 mln so‘m. 

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring