Metro bir kunga hamma uchun bepul bo‘ladi
Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent metropoliteni bir kun bepul xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Avvalroq bayram kunlari metroning xizmat ko‘rsatish vaqti uzaytirilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter