Metrodagi nosozlikka yo‘lovchining ruchkasi sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlarining birida eshik yopilmasdan poyezd harakatlangani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK quyidagilarni ma’lum qildi.
«Joriy yilning 1 fevral sanasi soat 08:55 lar atrofida «Paxtakor» bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga yo‘lovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon eshiklari yopilishiga to‘sqinlik qilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter