MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Ayubxon Alimov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bungacha ushbu lavozimda To‘lqin Abdullayev faoliyat yuritgandi.
A.Alimov 1981-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2007-yilda Sud ijrochilarining Bag‘dod tuman bo‘limi sud ijrochisi vazifasida boshlagan.
Byuro organlarida ish faoliyatini 2018-yildan boshlab, bir qator mas’ul lavozimlarida ishlab kelgan.
2021-yilda Dang‘ara tuman, keyinchalik Qo‘qon shahar bo‘limlari boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter