MIB: «Human»dan jabrlanganlarning aksariyatiga moddiy zararlar qoplab berildi, jarayon davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov «Human xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlarining firibgarligidan jabr ko‘rgan bir guruh fuqarolar bilan uchrashganidan so‘ng muammo yechim topgani haqida xabar bergandik.
Ya’nikim, shaxsan mamlakat rahbari ko‘rsatmasiga asosan jabrlanganlarga yetkazilgan zararlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamg‘arma hisobidan qoplanadi. O‘z navbatida jamg‘armaning zararni qoplashga yo‘natilgan mablag‘lari tegishli tartibda aybdorlardan undirib olish choralari ko‘riladi.
Shu maqsadda hukumat rahbarining topshirig‘iga binoan, joylarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, ATIB «Ipoteka bank» hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tashkil etilganidan ham xabaringiz bor.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, joylardagi ishchi guruhlariga 2020-yil 18-19-fevral kuni 1007 nafar fuqaro o‘ziga va yaqinlariga yetkazilgan zararni qaytarish masalasida murojaat etishgan. Jabrlanganlarning 91 nafari respublika hududidan tashqarida ekani aniqlanib, ularning yaqin qarindoshlariga moddiy zararni qaytarish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, ikki kun davomida 916 nafar jabrlanuvchiga bank xizmat haqi undirilmasdan bank kartasi ochilib, ularning 819 nafariga jami 17,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini o‘tkazilishi ta’minlandi.
Alohida qayd etish kerak, bank kartalariga tushgan mablag‘larni fuqarolarning talablariga ko‘ra bir vaqtning o‘zida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul ko‘rinishida berilmoqda.
«Human»dan jabrlanganlar tomonidan ochilgan telegram guruhdagi yozishmalardan pullar o‘tkazib berilayotgani va bundan ularning quvonchi cheksiz ekanini ko‘rish mumkin:
Qolgan 97 nafar fuqaroga pul o‘tkazishda hujjatlardagi texnik xatoliklar aniqlangani sababli, ishchi guruh tomonidan ularni qisqa muddat davomida bartaraf etish va tegishli mablag‘larini o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda, moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 69 nafar fuqarolarimizga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va yetkazilgan zararlar qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga o‘tkazilishi eslatib o‘tiladi.
Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari:
T/R |
Hududlar |
Manzil |
Telefon raqam |
1 |
Andijon viloyati |
Andijon sh. Anisi ko‘chasi 1-uy |
(90) 268-18-88 |
2 |
Buxoro viloyati |
Buxoro sh. Iqbol ko‘chasi 10-uy |
(93) 682-82-84 |
3 |
Jizzax viloyati |
Jizzax sh. Sharof Rashidov ko‘chasi 72-uy |
(94) 199-70-05 |
4 |
Qashqadaryo viloyati |
Karshi shahri. Mustaqillik ko‘chasi 49-uy |
(97) 310-00-17 |
5 |
Navoiy viloyati |
Navoiy sh. Memorlar ko‘chasi 1a-uy |
(99) 381-71-51 |
6 |
Namangan viloyati |
Namangan sh. Navoiy ko‘chasi 63-uy |
(99) 362-90-55 |
7 |
Surxondaryo viloyati |
Termiz sh. Mahmud Qoshg‘ariy 20-uy |
(91) 589-28-25 |
8 |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahri. Firdavsiy ko‘chasi 75-uy |
(97) 575-16-54 |
9 |
Sirdaryo viloyati |
Guliston sh. A.Navoiy ko‘chasi 53-uy |
(97) 224-85-85 |
10 |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona sh. Qomus ko‘chasi 38-uy |
(94) 550-95-95 |
11 |
Xorazm viloyati |
Urgench sh. O‘zbekiston ko‘chasi 19-uy |
(99) 500-88-86 |
12 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus shahri A.Ashurmatov ko‘chasi 97-uy |
(91) 306-40-44 |
13 |
Toshkent shahar |
Toshkent sh. Musaqillik shoh ko‘chasi 15-uy |
(99) 488-22-45 |
14 |
Toshkent viloyati |
Toshkent sh. Shirin ko‘chasi 40-uy |
(93) 919-20-29 |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter