MIB: taqiqlangan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 1,3 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklar yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasida sud hujjatlari asosida nomuvofiq va yaroqsiz deb topilgan tovar moddiy boyliklarini yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga boshqarma matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonova ma’lum qildi.
Tadbir bojxona, IIB va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirokida amalga oshirildi.
Noqonuniy deb topilgan tovar-moddiy boyliklarning jami miqdori 1 mlrd. 302 mln. 468 ming 520 so‘mlik bo‘lib, ularning aksariyatini republika hududiga olib kirilishi ta’qiqlangan dori vositalari, tibbiyot, parfyumeriya va kosmetika buyumlar tashkil etadi.
Shu tariqada 24 ijro hujjati yakuniga yetkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter