Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB tomonidan urush qatnashchilarining kommunal to‘lovlari to‘lab berilmoqda (foto)

MIB tomonidan urush qatnashchilarining kommunal to‘lovlari to‘lab berilmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarni moddiy rag‘batlantirib kelinmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur tadbirlar joylardagi tegishli idora, mutasaddi tashkilot va vazirliklar tomonidan ham amalga oshirilyapti.

Mazkur xayriya tadbirlari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari ishtirokida ham davom ettirilmoqda.

Xususan, urush qatnashchilari va nogironlari yashab kelayotgan xonadonlaridagi elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarini amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirilishi belgilangan.

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur hujjat Byuroning joylardagi bo‘limlariga taqdim etilishi bilanoq tegishli to‘lovlar darhol amalga oshiriladi.

Davlatimiz tomonidan ajratilayotgan ushbu mablag‘lar respublikadagi deyarli 1173 nafar urush qatnashchilari va nogironlarining xonadonlariga borib, ularning oila a’zolari davrasida topshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring