Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimi 6 yilga qamaldi

MIB xodimi 6 yilga qamaldi

Foto: DXX

MIBning Bekobod shahar davlat ijrochisi pora bilan qo‘lga tushdi.

MIBning ushbu xodimi (1989-y.t.) Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechishga va’da beradi. Buning uchun 20 million so‘m so‘rab, shundan 13 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar qo‘lga olingan. Jinoyat DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazgan amaliyotda fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu «xizmati» evaziga muqaddam 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudi bu ish yuzasidan hukm chiqardi. MIB davlat ijrochisi O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi va 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring