Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migrantlarning farzandlari uchun pullik ta’limni joriy qilish — Rossiya konstitutsiyasiga zid

Migrantlarning farzandlari uchun pullik ta’limni joriy qilish — Rossiya konstitutsiyasiga zid

Illyustrativ foto

Rossiya maktablarida migrantlarning farzandlari uchun pullik ta’limni joriy qilish  Rossiya konstitutsiyasiga zid, dedi mamlakat ta’lim vazirligi vakili.

«Konstitutsiyamizga ko‘ra, Rossiyaning barcha fuqarolari va chet el fuqarolariga ta’lim olish huquqi berilgan. Ya’ni bu Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan barcha odamlar uchun umumiy huquqdir. Konstitutsiyada barcha uchun umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bepul, oliy ta’limning esa tanlov asosidagi qismi bepul bo‘lishi belgilab qo‘yilgan», dedi ta’lim vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Reut.

Avvalroq Davlat dumasining mehnat qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov deputatlar yangilangan fraksiyalararo qonun loyihasini parlament palatasiga kiritishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgandi. Unda migrantlarning farzandlari uchun maktablarda bepul ta’lim olishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring