Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi

«Mikrokreditbank» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Mazkur tanlovda yuqori iqtisodiy malakaga ega bo‘lgan xorijlik vatandoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda da’vogarlarning taqdim etilgan hujjatlari o‘rnatilgan talablarga mos kelishi ko‘rib chiqiladi.

Tanlov ishtirokchilariga o‘rnatilgan talablar:

  • iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;
  • bank sohasida yuqori malakali hamda rahbarlik lavozimlaridaish tajribasiga tashkilotchilik qobiliyati ega bo‘lish;
  • rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilish;
  • loyihalarni amalga oshirish va boshqarishda zamonaviy innovatsion usullarni qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
  • Da’vogarlar o‘rnatilgan talablarga javob berishlarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga,quyida keltirilganlarni ilova qilishi lozim:
  • da’vogarning tanlov shartlari va o‘tkazilishi tartibi bilan tanishganligi ko‘rsatilgan arizasi;
  • da’vogarning pasport nusxasi hamda anketa (rezyume) ko‘rinishidagi shaxsiy va ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlari.

Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot bank Kengashiga tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Berilgan savollarning javoblari bilan birga, nomzodning xushmuomalaligi, analitik fikrlashi, stressga qarshiligi, jamoaviy ishi, ijodkorligi, innovatsion g‘oyalar kiritishi qobiliyati baholanadi.

Hujjatlar 2020-yil 10-iyundan boshlab, 2020-yil 23-iyungacha qabul qilinadi. O‘rnatilgan muddatdan so‘ng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlov 2020-yil 25-iyun kuni o‘tkaziladi.

Izoh:

1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi qaroriga asosan, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ijro organi rahbari va rahbar o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarni ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosarlar va maslahatchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

2) taqdim etilgan hujjatlar nomzodlarga qaytarib berilmaydi. Tanlov natijasi to‘g‘risida faqatgina mazkur bosqichdan o‘tgan nomzodlarga xabar beriladi.

Hujjatlar 100096, Toshkent shahar, Lutfiy ko‘chasi, 14-uyda qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71 202-99-99 (1022, 1024) raqamlaridan olishingiz mumkin.

Elektron manzil: kadr@mikrokreditbank.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring