Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» moliyaviy ko‘magi asosida yana bir katta loyiha ishga tushmoqda (video)

«Mikrokreditbank» moliyaviy ko‘magi asosida yana bir katta loyiha ishga tushmoqda (video)

Bugun ishlab chiqarish va tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gap ketar ekan, har bir hududda qad ko‘tarayotgan zamonaviy ishlab chiqarish komplekslari ko‘z oldimizga keladi. Chunki bu yerda aholining bandligini ta’minlash bilan birga yurtimizda eskport va import mahsulotlarga bo‘lgan talabning ham o‘rni oshmoqda.

Ana shunday yirik loyihalar qatorida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Boboshbek» MFYda qurilayotgan «Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va logistika markazi»ni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu keng tarmoqli markaz nafaqat Farg‘ona viloyatining, balki yurtimiz va qo‘shni davlatlar aholisining kundalik talabini ham bemalol qondirish imkoniga ega, desak adashmaymiz.

15 gektar maydonni egallagan ushbu ko‘p tarmoqli markazning 9,2 gektarida ishlab chiqarish va 3,8 gektarida savdo komplekslari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 336 ta savdo do‘konlari, 358 ta ishlab chikarish sexlari, 3 ta (kichik, o‘rta, yirik) blokli ishlab chiqarish sexlari va 560 ta kichik savdo rastalari joy oladi. Shuningdek, hududda 2 gektar maydonda logistika markazi, qo‘shimcha maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 218 milliard so‘m bo‘lib, ushbu mablag‘ ATB «Mikrokreditbank» Uchko‘prik tumani filiali tomonidan ajratilgan.

2022 yilning ikkinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilayotgan «Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va logistika markazi» yiliga 3,2 mln. dollarlik mahsulotlarni MDH davlatlariga eksportga chiqarish imkoniga ega.

Salkam 8000 ta ish o‘rnini yaratishni maqsad qilgan ushbu loyihada bugun qurilish ishlari avjida bo‘lib, ayni damda MDH davlatlari bilan hamkorlik va tovar eksporti borasida ham shartnomalar ustida ishlar olib borilmoqda.

Ushbu hududda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarini foydali hamkorlikka chorlaymiz!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring