«Mikrokreditbank» sobiq raisi qochishga uringanda qo‘lga olindi — OAV

ATB «Mikrokreditbank» boshqaruvi sobiq raisi Murodullo Eshmatovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Bu haqda «jahon.uz» sayti o‘z manbalariga tayanib, xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, «bankir» mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish va pora olishda gumonlamoqda. Alohida qayd etilishicha, M. Eshmatov o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochilganini bilgach, qochishga urinadi, «...ammo olib borilgan tezkor tadbir natijasida u qo‘lga olingan va vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan».
Murodulla Eshmatov faoliyati davomida Markaziy bank raisi o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» boshqaruv raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagani aytiladi.
U 2019 yilning oktyabr oyida «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi etib tayinlangan edi. Ko‘rinadiki, oxirgi ish joyidagi faoliyati to‘rt oyga yetmagan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter