AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli to‘p sinovdan o‘tkazildi (video)

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab mamlakatlarning armiyalari uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalarga qarshi kurashishga katta e’tibor qaratmoqda. Masalan, yaqinda Amerikaning «Raytheon» mudofaa kompaniyasi mutaxassislari harbiy poligonlardan birida mikroto‘lqinli qurolni sinab ko‘rdi, deb xabar beradi «Hi-News».
Sinov Oklaxomadagi Fort-Sill nomli harbiy poligonda bo‘lib o‘tdi. Mikroto‘lqinli pushka «High-Powered Microwave» (HPM) nomini olgan. «Raytheon» kompaniyasining ushbu quroli masofadan turib turli tipdagi 45 ta uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalarni va hatto 6 ta minomyot snaryadini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. HPM tizimining yana bir o‘ziga xos jihati — bir marta «o‘t ochib» bir-biridan uzoq masofada joylashgan 2-3 ta uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarni bir vaqtda yo‘q qila oladi.
Bundan tashqari ekspertlarning ta’kidlashicha, kelajakda harakatlanadigan komplekslarni shu turdagi HPM pushkalari bilan jihozlash mumkin bo‘ladi. Ta’kidlashi kerakki, mazkur ixtiro AQSh Mudofaa vazirligining «Maneuver Fires Integrated Experiment» dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter