«Milan» «Inter»ni kubok va trebldan mahrum qildi

Italiya kubogi yarim finali javob o‘yinida «Milan» «Inter»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, treblga erishish imkoniyatidan mahrum qildi. «Inter» endi bor kuchini mamlakat chempionligi va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishga qaratadi.
«Milan»ga kubok finalida «Bolonya» raqib bo‘lishi mumkin. Bugun o‘tadigan ikkinchi yarim final uchrashuvida «Bolonya» o‘z maydonida «Empoli»ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuvda bolonyaliklar safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.
Italiya kubogi. Yarim final
Inter — Milan 0:3 (Birinchi o‘yin natijasi — 1:1)
Gollar: Yovich 36, 49, Reynders 87.
Inter: Martines, Bissek, de Vrij, Bastoni, Darmian (Korrea, 83), Barella (Frattezi, 53), Asllani, Dimarko, Mxitaryan, Martines, Taremi (Arnautovich, 53).
Milan: Menyan, Tomori Gabbia (Tia, 59), Pavlovich, Himines, Fofana, Reynders (Felish, 87), Ernandes (Bartezagi, 88), Pulishich, Leau, Yovich (Abraham, 78).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter