Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder Roman Abramovich «Telegram»ga sarmoya kiritgan. Nima maqsadda?

Milliarder Roman Abramovich «Telegram»ga sarmoya kiritgan. Nima maqsadda?

«Telegram»ga sarmoya kiritganlar orasida milliarder Roman Abramovich ham bor.

Foto: «Vedomosti»

«Telegram» messenjeri asoschilari «TON» blokcheynini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun 81 nafar investordan 850 million dollar jalb qilgan. Bu ma’lumotlarni Pavel Durov AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bilan shug‘ullanuvchi komissiyasiga taqdim etdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Komissiyaga taqdim etilgan hujjatda keltirilishicha, pullar «TON blokcheynini ishlab chiqish va «Telegram» messenjeriga xizmat ko‘rsatish» uchun olingan. Hisobotdagi «qimmatli qog‘ozlar turi» degan joyiga «kriptovalyuta sotib olish uchun» deya ko‘rsatilgan. Unga «Telegram» bosh direktori Pavel Durov imzo chekkan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avvaliga 600 million dollar yig‘ish rejalashtirilgan, biroq marra 850 million dollarga qadar ko‘tarilgan. «Telegram» «TON» loyihasi doirasida yana 600 million dollar jalb etishni rejalashtirgan, biroq ushbu raqamlar yana o‘zgarishi mumkin.

Loyiha guruhi ilk bora tashqi kapitaldan foydalanmoqda — shu kunga qadar messenjer Pavel va Nikolay Durovlarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga ishlab kelardi.

Komissiyaga taqim etilgan hujjatda birorta investorning ism-sharifi keltirilmagan.

Mish-mishlarga qaraganda ushbu messenjerga sarmoya kiritganlar orasida milliarder Roman Abramovich ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring