Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi
Muhokamaga qo‘yilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» loyihasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratish vazifasi keltirilgan.
Xususan unga ko‘ra, 2022-yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi.
Bunda:
- sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish;
- ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy ta’minot va texnik vositalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulot yaratish tizimini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi.
Bunda, yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlarni berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter