Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minerva City va MJ Developers professional boks kechasiga homiylik qilmoqda

Minerva City va MJ Developers professional boks kechasiga homiylik qilmoqda

Ertaga, 3-aprel kuni soat 18:00da Humo Arenada yirik sport tadbiri — professional boks kechasi o‘tkaziladi. Unda bir qator mashhur bokschilarimiz ishtirokidagi janglar, jumladan, chempionlik jangi ham tashkil etiladi. Ushbu boks kechasiga Minerva City va MJ Developers homiylik qilmoqda.

Kuni kecha Hilton mehmonxonasida jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda MJ Developers kompaniyasining Marketing bo‘yicha Strategik maslahatchisi janob Akash Garg faxriy mehmon va hamkorlardan biri sifatida so‘zga chiqib, barchani ushbu kecha bilan tabrikladi. Musobaqada ishtirok etadigan barcha bokschilarga MJ Developersning maxsus sovg‘alarini topshirdi va oldindagi janglarda ularga omadlar tiladi.

MJ Developers — bu ko‘chmas mulkni rivojlantirish bo‘yicha strategik tashkilot. Kompaniya O‘zbekistonga alohida e’tibor qaratgan holda rivojlanayotgan bozorlarda premium darajasidagi aqlli shaharlarni rivojlantirishga va sarmoya kiritish ustida ishlamoqda.

Kompaniya Murari Lal Jalan tomonidan tashkil etilgan. MJ Developers turli mamlakatlarda 40 yildan ortiq tajribaga ega. Tashkilot insonlarning turmush kechirishi, ishlashi va hordiq chiqarishi kabi hayot tarzini yaxshi tomon o‘zgartirishga intiladi.

Minerva City — bu MJ Developers kompaniyasining ko‘p funksional turar-joy majmuasi. U hududning aholisi uchun farovon turmushni ta’minlaydi. Brend sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi va hudud aholisining bo‘sh vaqtlarini sport hamda boshqa foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

«Boxing night» musobaqasi DAZN striming servisi orqali dunyoning 200 mamlakatida namoyish etiladi.

Boks kechasida Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika), Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo), Bahodir Jalolov – Kristaps Zutis (Latviya), Hasanboy Do‘smatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya), Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya), Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina), Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) o‘rtasida janglar o‘tkaziladi.

Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasa qarshi o‘zining WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring