Ming yillik meros saqlab qolindi
Prokuratura tomonidan ming yillik tarixga ega bo‘lgan ko‘plab tarixiy yodgorliklar yo‘qolib ketish xavfidan saqlab qolinmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan IV-VIII asrlarga oid «Nomsiztepa-3» arxeologiya yodgorligini 9,6 m2 qismi fuqaro O.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan buzish harakatlari boshlangani aniqlanib, o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi natijasida ushbu tarixiy yodgorlikning 652 m2 maydoni saqlab qolingan.
Shu kabi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan ilk o‘rta asrlarga oid «Qo‘shqo‘rg‘ontepa» arxeologik yodgorligini 7,4 m2 tuproq qismi mahalliy fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda kesib olish harakatlari boshlangani aniqlanib, jinoiy qilmishlar o‘z vaqtida oldi olinishi natijasida ushbu ob’yektning 492 m2 maydoni saqlab qolingan.
Yodgorliklarga yetkazilgan jami 288 mln. so‘m zarar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter