Mingbuloqda aholidan yig‘ilgan 190 mln. so‘m «yeb yuborilgani» aniqlandi
Mingbuloq tuman «Toza ichimlik suv» UK sobiq mansabdorlari ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ib olingan 190 mln. so‘m naqd pulni bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mansabdorlarning qilmishi mahkama huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh bo‘lgan.
Holat bo‘yicha korxona rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari M.B.ga nisbatan o‘zlashtirish va talon-toroj alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilayotgan tergov harakatlari jarayonida zararni qoplash masalasi jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter