Mirishkor hokimining haqoratlarga to‘la «nutqi» yuzasidan tekshiruv boshlandi — Bosh prokuratura
Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, ularni jirkanch so‘kinishlar bilan «siylagani», hatto urib-turtgani haqida xabar berilgan edi.
Hozirgina Bosh prokuraturadan xabar keldi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, hokimning «nutqi» yuzasidan bugunning o‘zida tekshiruv boshlandi.
Natijasida haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Biroz avval Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati tarqalgan audiodagi so‘kinish va haqoratlar haqiqatda Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli ekanini tasdiqlab, holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari boshlangani ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter