Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev koronavirusdan vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi. Marhumda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, davolanishda bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotni viloyat hokimligining matbuot xizmatiga asoslanib O‘zA xabar berdi.
G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi. Ungacha mahalla raislarini haqorat qilgani audiosi tarqalgan Baxtiyor Rajabov iste’foga chiqarilgandi.
Baxtiyor Rajabovdan avvalgi hokim Ravshan Komilov esa makkajo‘xori voqeasi bilan ommaga mashhur bo‘lgandi.
Shuningdek, 6-sentyabr kuni Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgani xabar qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter