Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miroboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Miroboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, 26-noyabr kuni o‘tganda Toshkent shahri Mirobod tumani «Baynalminal» mahallasi Og‘abegim ko‘chasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 12:56 da qurshab olingan va soat 12:59 da to‘liq bartaraf etilgan hamda alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 50 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li fuqaro I.Ye.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring