Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzaobod tumanida hokim o‘zgardi

Mirzaobod tumanida hokim o‘zgardi

Jonibek Yariyev.

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Bugun, 20-noyabr kuni, xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, tuman hokimi Hamidulla Qurbonovich Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Jonibek Muzaffarovich Yariyev Mirzaobod tumani hokimi lavozimini egalladi.

Jonibek Yariyev 1981-yilda Tojikiston Respublikasi, So‘g‘d viloyatida tug‘ilgan, 2008-yilda Guliston davlat universiteti (sirtqi), 2011-yilda Toshkent moliya instituti (kunduzgi), 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U 2001-2015-yillarda moliya tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2016-yillarda Sirdaryo viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori o‘rinbosari, 2016-2017-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2017-2020-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring