Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, tashrif davomida prezident viloyatda sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa ob’yektlar bilan tanishadi.
O‘tgan yil iyunida Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, “BYD Uzbekistan Factory” zavodini kelib ko‘rgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter