Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘ladigan norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi

Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘ladigan norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27-dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, RF prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring