Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti kotibini qabul qildi

Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti kotibini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘tgan davrda turkiy davlatlarning ko‘p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun qator yangi maydonlar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.

Uchrashuvda TDT doirasida savdo, «yashil» iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va logistika, turizm, ekologiya, yoshlarga oid siyosat, turkiy xalqlarning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirish sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring