Mirziyoyev va Putin Afg‘oniston bo‘yicha gaplashib oldi

15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashdilar.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter