Mirziyoyevning maxsus vakili Garet Beyli bilan muzokara o‘tkazdi

2020-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Garet Beyli bilan videokonferetsaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston inqirozini hal qilishdagi sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini tezroq yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Britaniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘oniston inqirozining siyosiy yechimidagi roliga alohida qayd etdi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash va mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Timoti Torlot ishtirok etdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter