Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mish-mish va vahima sabab yuzlab odam qirga «qochdi»

Mish-mish va vahima sabab yuzlab odam qirga «qochdi»

Foto: Daryo

Buxoro viloyatiga 27 aprel oqshomida Turkmanistondan kuchli shamol yopirildi. Ilgari kuzatilmagan bunday tabiiy ofatdan eng ko‘p qo‘shni mamlakat bilan chegarada joylashgan Olot va Qorako‘l tumanlari jabr ko‘rdi, xususan, elektr ta’minotida davomli uzilish yuzaga keldi.

Bu esa hudud aholisining axborot masalasida tashqi dunyodan uzilib qolishiga, oqibatda asossiz hamda vahimali mish-mishlar ta’sirida harakat qilishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 27 aprel oqshomida yomg‘ir aralash kuchli shamol (dovul) yopirilgach, elektr ta’minoti uzilgan.

Foto: Daryo

Aytishicha, odamlar toshqin haqidagi mish-mishlar sabab Qorako‘ldagi Zamonbobo qiriga chiqqan. Odamlar qirga shaxsiy avtomobillarida, yuk mashinalarida va hatto traktor tirkamalarida guruh-guruh bo‘lib «oqib borgan».

Foto: Daryo

Kechga yaqin o‘zini hokimlik vakili deb tanishtirgan shaxs traktor ustiga chiqib, mish-mishlarni rad etgan, shundan so‘ng odamlar asta-sekin tarqala boshlagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida Buxoro viloyatida kuchli suv toshqini bo‘lishi va  aholi evakuatsiya qilinayotganligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatilgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring