Misrda 9 nafar ekstremist yo‘q qilindi
Misr Ichki ishlar vazirligi kuchlari mamlakatning janubidagi Asyut provinsiyasida qo‘lga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatgan to‘qqiz nafar ekstremistni otib tashladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Misr IIVga Asyutda hujum qilishga tayyorlanayotgan ekstremistlar haqida ma’lumot kelib tushgan. Ma’lumotga ko‘ra, ularda qurol va portlovchi moddalar bo‘lgan.
Qo‘lga olish chog‘ida to‘qqiz kishi yo‘q qilingan, bir nechta qurol va ikkita portlovchi modda topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter