Misrda avtobus ag‘darilib ketdi: 3 kishi halok bo‘ldi

Misrning Qizil dengiz viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi yaralandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi Bani Suayf Za’faron trassasida ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.
Politsiya xodimlari yaralanganlarni olib ketish va avtobusni yo‘l chetiga olish uchun trassani yopib qo‘yishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter