Miya operatsiyasi vaqtida ayolni skripka chaldirishdi (Video)

Britaniyada miyasi operatsiya qilinayotgan musiqachini skripka chalishga majburlashdi. «WSAV3» telekanali videoni o‘zining «YouTube» kanaliga joyladi.
Londonning Qirollik kolleji shifokorlari skripkachi Dagmar Ternerning bosh miyasidan o‘smani olib tashlayotganda uni uyg‘otishgan. Ayol skripka chala boshlagan. Jarrohlar esa shu tariqa miya faolligini qayd etib borishgan va operatsiya jarayonini nazorat qilishgan.
Bevosita bosh miyada og‘riq retseptorlari bo‘lmaydi. Bu esa bemor uyg‘oq bo‘lganda ham, mazkur a’zoda operatsiya o‘tkazish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter