MMA jangchisi Odilxon Kamolov avariyaga uchradi
Bu haqda uning o‘zi instagram sahifasida ma’lum qildi.
«Avtofalokatga uchradik. Allohga shukur hammasi yaxshi. Bosh qismimdan ozgina jarohat oldim, ammo bir necha kunda shifoxonadan chiqaman. Tez orada mashg‘ulotlarga qaytaman. 4 mart kuni bo‘ladigan jangni so‘roq ostida qoldirishni istamayman. Toshkentda uchrashamiz...» – deya yozdi Odilxon Kamolov.
Odilxon navbatdagi jangini 5 mart kuni Toshkentda tojikistonlik Kamil Karatega qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter