Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz MAZZA FEST 2025’da energiya, muloqot va yangi raqamli imkoniyatlarni taqdim etdi

Mobiuz MAZZA FEST 2025’da energiya, muloqot va yangi raqamli imkoniyatlarni taqdim etdi

9-11 may kunlari Toshkentdagi O‘zExpoMarkaz maydonida bahorning eng yorqin shahar festivallaridan biriMAZZA FOOD & MUSIC FEST 2025 bo‘lib o‘tdi. Tadbir hamkoridan biri Mobiuz mobil aloqa operatori bo‘ldi.

Uch kun davomida mehmonlarni o‘nlab gastronomik zonalar, musiqiy chiqishlar, fotozonalar va hamkorlarning interaktiv tadbirlari kutdi. Mobiuz brend zonasi festivalning eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylaridan biriga aylandi. Tashrif buyuruvchilar mobil ilovadagi yangi imkoniyatlar haqida bilib olishlari, mutaxassislardan maslahat olishlari va birinchi navbatda yangi “Mazza” tarif rejalari bilan tanishishlari mumkin edi.

Mobiuz uchun MAZZA FEST’da ishtirok etish yangi va amaldagi abonentlariga yaqinroq bo‘lish imkoniyatini berdi. Uch kun davomida Mobiuz jamoasi mehmonlar bilan muloqot qildi, yangi raqamlarni uladi, xizmatlarning ishlashini namoyish etdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Kompaniya festivalning barcha ishtirokchilariga ishonch, his-tuyg‘ular va yangi aloqa imkoniyatlariga bo‘lgan jonli qiziqish uchun minnatdorlik bildiradi. Mobiuz mijozlarni hayotni yanada oson, qulay va qiziqarli qiladigan yorqin tadbirlar, yangi takliflar va innovatsion xizmatlar bilan xursand qilishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring