Mo‘’jiza tufayli bomba hujumidan omon qolgan obida, tarix va bugun uchrashgan shahar (foto)

Kyoln ibodatxonasi shaharning “tashrif qog‘ozi”ga aylangan.
Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya mintaqasida joylashgan Kyoln nafaqat mamlakat, balki butun Yevropaning oqsoqol shaharlaridan biri sanaladi. DW tashkil qilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bahonasida Kyolnda bo‘lgan «Xabar.uz» muxbiri mazkur tarixiy shahar «hasbi holi»ga muxtasar chizgi berib, ayrim fotosuratlar bilan o‘rtoqlashadi.
Kyoln shahrining tavalludi miloddan avvalgi I asrga borib taqaladi. Reyn daryo bo‘yida barpo etilgan ma’mur qasaba yillar o‘tib yirik shaharga aylandi, Rim imperiyasidan tortib o‘rta asrlar saltanatlariga qadar – turli sulolalarga bag‘ridan joy berdi.
Bir milliondan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Kyoln Germaniyaning nufus borasida to‘rtinchi, hudud borasida uchinchi shahri, ayni choqda, iqtisodiy-madaniy markazlaridan biridir.
Shahar ramziga aylangan ibodatxona (Kölner Dom) dunyodagi eng baland cherkovlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Rim-katolik gotik uslubida barpo etilgan obida, ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi bombardimonlaridan ham omon chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter