Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mol-mulk va yer solig‘i oshyapti: 2025-yil uchun soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi

Mol-mulk va yer solig‘i oshyapti: 2025-yil uchun soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasini e’lon qildi.

Mazkur axborotnoma orqali 2025–2027 yillar uchun budjet mo‘ljallari hamda 2025-yil uchun soliq siyosati loyihasi bilan tanishish mumkin.

Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy budjet daromadlarini oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning turar va noturar ko‘chmas mulk ob’yektlariga solinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan noturar ko‘chmas mulk ob’yektlari uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koyeffitsiyent qo‘llash huquqi saqlab qolinadi.

Shu bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkalari ham o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring