Moskva — Samarqand: yana bir aviakompaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Rossiyaning «S7 Airlines» samolyotlari 30-apreldan boshlab Moskvadan Samarqandga qatnay boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati «AviationPros» saytiga ma’lum qilgan.
Samolyotlar Moskvaning «Domodedovo» aeroportidan Samarqandga dushanba kunlari parvoz qiladi. Seshanba kunlari esa «S7 Airlines» havo kemalari Rossiya poytaxtiga qaytadi.
«Sayohatchilar O‘zbekistonni noodatiy ekskursiya uchun manzil sifatida tez-tez tanlaydigan bo‘lishgan. Samarqand moskvalik yo‘lovchilarga dunyoning eng qadimiy shahri sifatida qiziqarli bo‘lishi tayin», deydi «S7 Group» direktori Igor Veretennikov.
Shuningdek, yo‘lovchilar Samarqand orqali transfer parvozlarini ham amalga oshira olishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter