Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot berildi

Moskvada yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot berildi

8-kishining, jumladan o‘zbekistonliklarning ham o‘limiga sabab bo‘lgan Moskva viloyati Padikovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘inda noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlikda gumonlanib 23 yoshli o‘zbekistonlik hibsga olingani haqida xabar qilingan edi. 

Unga nisbatan shahar prokuraturasi Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish) va 238-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Joriy yil 24-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 23 yoshli ayblanuvchiga nisbatan 2024 yil 23 iyulga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.

Fuqaro sudda o‘z aybini tan olmagan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishiga ham e’tiroz bildirgan.

Ayni paytda 8 kishining o‘limi bilan bog‘liq tergov ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston tomoni ham yong‘inda qolib halok bo‘lganlarning necha nafari o‘zbekistonlik bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring